"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Toyloqda tashqi reklamalarning Qonunga mosligi o‘rganilmoqda


Bir necha kundurki tumanning markaziy ko‘chalarida joylashgan tashqi reklamalar, peshlavha, e’lon va boshqa axborot matnlarining “Davlat tili haqida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlariga mosligi tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan o‘rganilmoqda.




Tuman hududidagi 200 ga yaqin tashqi reklama obyektlarining qonun talablariga moslik holati o‘rganilib, qonunga zid ravishda o‘rnatilgan va davlat tili me’yorlarida yozilmagan tashqi reklama obyektlari olib tashlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va "Reklama to‘g‘risida"gi Qonunlari talablariga rioya etishni istamagan tadbirkorlarga ogohlantirish berilib,  tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.



 

Hurmatli tadbirkorlar!

 

Mahsulot yoki xizmat k o‘rsatish haqidagi reklamalarni qonunga rioya qilgan holda joylashtirishingiz so‘raladi. Aks holda, qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmasligini eslatib o‘tmoqchimiz.


18.07.2022 416