"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

RESPUBLIKA MA’NAVIYAT VA MARIFAT MARKAZIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI


 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida 29-iyul kuni Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Sobir Shukurov boshchiligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.



          Unda davlat qo‘mitalari, markaziy muassasalar hamda agentliklarning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etishdi.



          Uchrashuv davomida Prezident va hukumat tomonidan qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar, davlat tilida olib borilayotgan ishlar yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.



          Shuningdek, sohadagi muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha taklifalar eshitildi.       

30.07.2022 448