"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risidagi”gi Qonuni muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risidagi”gi Qonuni muhokama qilindi

                        

Qashqadaryo Viloyati Yakkabog‘ tumani hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi D.Xushvaqtova tumandagi reklama tayyorlovchi korxona egalari va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida yangi tahrirdagi Qonun mazmun-mohiyati haqida yig‘ilish o‘tkazdi.  

Yig‘ilishda  O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi 2022-yil 7-iyunda qabul qilingan O‘RQ-776-sonli “Reklama to‘g‘risidagi”gi Qonunida yuqoridagi og‘riqli vaziyatlarga aniqlik kiritganligi, Qonunning joriy yilning 9-sentabridan kuchga kirishi, tashqi reklama yozuvlarining birinchi navbatda davlat tilida berilishi  ularning tartibga keltirilishi bilan ham ahamiyat kasb etishi tushuntirildi.         


                                                  

Tadbirkorlarga Qonunning oldingi tahriri 5-moddasidagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida yoki reklama beruvchining xohishiga ko‘ra boshqa tillarda tarqatiladi, - degan jumlasi  yangi tahrirdagi Qonunning   6-moddasidagi  “O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatiladi” jumlalari bilan almashtilgani ta’kidlandi. 

                                                                                                                            D.Xushvaqtova                                                                                                                                                                                                                                                      Tuman hokimi maslahatchisi

18.08.2022 319