"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Parkent tumanidagi toponimik obyektlar nomlanishi masalasi yuzasidan muhokama majlisi bo‘lib o‘tdi

Parkent tumanidagi toponimik obyektlar nomlanishi masalasi yuzasidan muhokama majlisi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi 283-sonli “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining 12-bandiga muvofiq, Parkent tumani hududidagi mahallalar, shox ko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, xiyobonlar hamda qabristonlarning soni va nomlarini Davlat reyestriga kiritish masalalari yuzasidan Parkent tumanidagi barcha Mahalla fuqarolar yig‘ini raislari bilan muhokama majlisi bo‘lib o‘tdi.



Majlisda Parkent tuman hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Soatov hamda hokim maslahatchisi Abdulaziz Abdumutalovlar so‘zga chiqib, tumandagi mavjud ko‘chalar nomlarining davlat tili to‘g‘risidagi qonunlarga mosligi, “Geonames” platformasida takror kelishi kabi masalalar yuzasidan raislar bilan maslahatlashib olishdi.   



Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash to‘g‘risida”gi   2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarori hamda “Reklama to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi 776-sonli qonunning ijrolari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.



Mahalla raislariga o‘zlari rahbarlik qilayotgan mahalla hududidagi tadbirkorlik subyektlariga ma’nan eskirgan, yaroqsiz holga kelib qolgan, imloviy xatoliklari mavjud hamda davlat tili qoidalariga rioya qilinmagan tashqi reklama lavhalarini davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablariga mos ravishda chiqartirish masalasida tushuntirish ishlarini olib borish vazifalari yuklandi. 

 

Abdulaziz Abdumutalov

Parkent tumani hokim maslahatchisi 

22.08.2022 385