"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmon ijrosini taʼminlash bo‘yicha ishchi guruhning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmon ijrosini taʼminlash bo‘yicha ishchi guruhning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Joriy yilning 8-sentabr kuni Sirdaryo viloyati hokimligida O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonlar va qarorlar ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri o‘rinbosari Z.Ro‘ziyev, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov, Sirdaryo viloyati hokimi maslahatchisi G‘.Yusupov, tuman (shahar) hokimi maslahatchilari hamda viloyatdagi boshqarma va korxonalarning masʼul xodimlari ishtirok etishdi.



            Yig‘ilish davomida tuman-shaharlarda O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarori, 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 34-sonli, 2021-yil 4-fevraldagi “Rahbar kadrlar va masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash va ularga davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 52-sonli qarorlari hamda “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosi bo‘yicha hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan masʼul rahbarlar va maslahatchilarning hisobotlari tinglandi.




            “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovining viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan Xovos tumanida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha o‘rganish natijalari bo‘yicha Respublika komissiyasining maʼlumotlari tinglandi.



            Shuningdek, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktorining markazning viloyat bo‘limiga boshqarma va tashkilotlar xodimlari hamda tuman-shahar mutaxassislarining “Davlat tilida ish yuritish asoslari” malaka oshirish kurslariga jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari holati, ushbu malaka oshirish kurslarining samarali va foydali tomonlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.   

09.09.2022 401