"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Tashkiliy qoʻmita tomonidan oʻrganish olib borildi.


    Davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va nufuzini oshirish, oʻzbek tilini  siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda toʻlaqonli joriy etish hamda faol qoʻllanishini ragʻbatlantirishga qaratilgan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” Respublika tanlovi doirasida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati, Qoʻmitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hamda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligida  9-sentabr kuni Tashkiliy qoʻmita tomonidan oʻrganish olib borildi.


 

    Oʻrganish natijasida Qoʻmita tizimida davlat tiliga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi oʻz vaqtida sifatli ta'minlanayotganligi, ish yuritishni davlat tilida lotin alifbosida tashkil etilganligi, oʻzbek tilini keng targʻib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar munosib baholandi.


 

    2022-yilda “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” hamda “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunlarga kiritilgan oʻzgarishlar  alohida eʼtirof etildi.

12.09.2022 336