"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Tashqi reklama va targʻibot vositalarining holati oʻrganildi.


Qiziltepa tuman hokimligi, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmasi bilan hamkorlikda Madaniyat, Vangʻozi hamda Oqmachit mahallalarida joylashgan qurilish, savdo va aholiga xizmat koʻrsatish shaxobchalarida tashqi reklama va targʻibot vositalarining holati oʻrganildi.



Monitoring davomida maʼnan eskirgan, yaroqsiz holga kelib qolgan hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi va “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga zid boʻlgan, noqonuniy oʻrnatilgan reklama va targʻibot bannerlari olib tashlanib, tadbirkorlarga tuman hokimi maslahatchisi E. Karimov hamda Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmasi rahbari N. Kenjayevlar tomonidan Qonun talablariga rioya etgan holda targʻibot bannerlarini sifatli oʻrnatish boʻyicha tushuntirish va tavsiyalar berib oʻtildi.

13.09.2022 439