"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • URGANCH SHAHRIDA SEMINAR: JORIY YIL 1-OKTABRDAN ISH YURITISH LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK TILIDA OLIB BORILADI

URGANCH SHAHRIDA SEMINAR: JORIY YIL 1-OKTABRDAN ISH YURITISH LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK TILIDA OLIB BORILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-fevraldagi "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 61-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan boshlab barcha idora, tashkilotlar, boshqarmalar va mahalliy hokimliklarda ish yuritish lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida bo'lishi belgilangan.



Urganch shahar hokimligining majlislar zalida mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 7-sentabrda Xorazm viloyati hokimi tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan 2 soatlik o‘quv seminari tashkil etildi. Unda



Urganch shahar hokimi O.Xolboyev, hokim o‘rinbosarlari, shahardagi idora va tashkilotlar rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, mahalla faollari ishtirok etdilar. Seminarni Xorazm viloyati hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi R.Xudoyberganov olib bordi.



Seminarda joriy yilning 1-oktabridan ish yuritishni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida olib borishga tayyorgarlik ko‘rish, unli harflar hamda harfiy birikmalarning lotin yozuvida ifodalanishi kabi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.



Shuningdek, joriy yil 9-sentabrdan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi "Reklama to‘g‘risida"gi qonuni 6-moddasi talablarini amalga oshirish bo‘yicha oldda turgan vazifalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.



Seminar yakunida ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berildi.

 

Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.

13.09.2022 323