"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Energetika vazirligida “Mustaqillik – eng ulug‘ va eng aziz neʼmat” shiori ostida “Davlat tiliga eʼtibor – mustaqillikka eʼtibor” mavzusidagi maʼrifat soati o‘tkazildi

Energetika vazirligida “Mustaqillik – eng ulug‘ va eng aziz neʼmat” shiori ostida “Davlat tiliga eʼtibor – mustaqillikka eʼtibor” mavzusidagi maʼrifat soati o‘tkazildi


Bugun 20-sentabr kuni Energetika vazirligida mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik – eng ulug‘ va eng aziz neʼmat” shiori ostida “Davlat tiliga eʼtibor – mustaqillikka eʼtibor” mavzusida maʼrifat soati o‘tkazildi.



Unda Energetika vazirligi va vazirlik tizimidagi tashkilotlar, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi masʼul xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirda Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bosh mutaxassisi G‘.Hamrayev, Davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish markazi rahbari I.Azimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori A.Iminov o‘z chiqishlarida mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, davlat tili maqomi berilgan o‘zbek tiliga keyingi yillarda yurtboshimiz tashabbusi bilan berilayotgan alohida eʼtibor tufayli amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar haqida atroflicha to‘xtaldilar.



Tadbirda taʼkidlanganidek, so‘nggi yillarda barcha sohalar qatori energetika sohasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, yurtimizda yana bir ulug‘ sana – O‘zbek tili bayrami yaqinlashmoqda. Tadbirda 2020-yil 10-aprelda “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingani, unga ko‘ra, 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilanligi, bu o‘z navbatida yurtimizda O‘zbek tiliga berilayotgan alohida eʼtibor ekanligi taʼkidlandi.



Tadbir mehmonlari ishtirokchilarga yurtimizda o‘zbek tilining mavqeini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar haqida batafsil maʼlumot berdilar. Shuningdek, energetika sohasida ham o‘zbek tiliga asoslangan sohaviy lug‘atini tayyorlash zarurligi haqida taʼkidlandi.



Tadbir so‘nggida ishtirokchilarga Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar, solnoma – yurtboshimiz faoliyati xronikasi hamda davlat tilida ish yuritishga oid kitob va qo‘llanmalar sovg‘a qilindi.

 


O‘zbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

 

20.09.2022 343