"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

TASHQI REKLAMA VA YOZUVLARI DAVLAT TILIGA MOSLIK DARAJASI O‘RGANILDI.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qaror ijrosi bo‘yicha Joriy yilning 3-oktabr kuni Kogon tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Muhiddinov hamda Respublika Ma'naviyat va ma‘rifat markazi Kogon tuman bo‘linmasi tomonidan grafik asosida barcha ko‘chalarda o‘rnatilgan yozuvlarni o‘rganib, ma'nan eskirgan, yaroqsiz holga kelib qolgan, imloviy xatoliklari mavjud hamda davlat tili qoidalariga rioya qilinmagan tashqi reklama lavhalarini davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablariga mos ravishda chiqartirish masalasida tadbirkorlarga tushuntirish va targ'ibot ishlarini olib borishdi.



Tadbirkorlarga huquqiy yordam ko'rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi 2022-yil 7-iyundagi 776-sonli Qonunni va tashqi reklamalarni davlat tili qoidalari asosida tashkil etish talabnomasi berildi hamda “Davlat tili haqida”gi qonun talablari tushuntirildi.



O‘rganish natijalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi hamda ma’nan eskirgan qonun talablariga javob bermaydigan tashqi reklama vositalari hamda yozuvlar joyida olib qo‘yildi va qonun talablariga mos keluvchi tashqi reklama vositalari o‘rnatildi.

Respublika
ma’naviyat va ma’rifat markazi Kogon tuman bo‘linmasi

05.10.2022 87