"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

NORMATIV HUQUQIY HUJJATLARGA OID SЕMINAR O‘TKAZILDI


Arnasoy tuman hokimligi majlislar zalida “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish” mavzusida seminar o‘tkazildi.


Mazkur seminarda Arnasoy hokimligi, tuman Adliya bo‘limi, tumandagi tashkilot, korxona hamda muassasalarning kadrlar bo‘limi va ish yurituvchi hodimlari ishtirok etdi.


Ushbu seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Normativ huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 662-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

11.10.2022 295