"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

OKTABR – “O‘zbek tili va adabiyoti oyligi”


Ma'lumki, joriy yil 9-sentabrdan yangi tahrirda O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kirdi. Unda reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatish bo'yicha bir qator talablar belgilangan. Ushbu talablarning joylardagi holatini o‘rganish maqsadida “Milliy tiklanish” partiyasi qoshidagi “Til posbonlari” jamoatchilik nazorati guruhi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.


Guruh aʼzolarining navbatdagi manzili Toshkent shahrining Sergeli tumani bo‘ldi. Nazorat guruhi aʼzolari va tuman hokimining davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda faollar bilan birgalikda tumandagi o‘ttizga yaqin savdo rastalariga ilingan reklamalar bilan tanishishdi. Qonun buzilish holatlari bo'yicha tadbirkorlar ogohlantirilib, bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

 

“Til posbonlari” jamoatchilik nazorati guruhi faoliyati davom etadi.


13.10.2022 228