"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi


Yurtimizda ona tilimiz – o‘zbek tilini asrash, uni kelajak avlodlarga sof tarzda yetkazish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan “Davlat tili to‘g‘risida”gi hamda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi joriy etish  to‘g‘risida”gi qonunchilik ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bosh mutaxassisi G.Tuychiyeva, Toshkent shahar prokuraturasining mas’ul xodimi, Yakkasaroy tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Umarovalar  ishtirokida maxsus ishchi guruhlari shakllantirilib, shahar va tumandagi davlat  tashkilotlardagi  holatlar o‘rganildi.


O‘rganish davomida davlat tilini rivojlantirish, qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borgan holda davlat tili qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq holatlarni muntazam va har tomonlama o‘rganidi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha davlat tashkilotining rahbar va mas’ullariga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berib o‘tildi.


 

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

14.10.2022 266