"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Navoiyda bayram tadbirlari boʻlib oʻtmoqda


Qiziltepa tumanidagi umumtaʼlim maktablarida “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” shiori ostida bayram tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

“Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganligining 33 yilligi hamda “21-oktabr - Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan umumtaʼlim maktablarida “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” shiori ostida “Ona tilim mangu yashaydi” mavzusida tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.


Tadbirda jamoatchilik vakillari, mahalla fuqarolar yigʻinlari, oʻqituvchi-pedagoglar, ijodkor yoshlar, havaskor shoirlar hamda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari ishtirok etishmoqda.



Tadbirlar davomida buyuk ajdodlarimizning gʻazal va sheʼrlaridan namunalar oʻqilib, badiiy asarlaridan sahna koʻrinishlari namoyish etilmoqda.

17.10.2022 240