"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” shiori ostidagi tadbir o'z nihoyasiga yetdi

“Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” shiori ostidagi tadbir o'z nihoyasiga yetdi


Tadbir doirasida “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim” respublika tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. Jumladan, ommaviy axborot vositalarida davlat tilini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan materiallarni yoritishda qo‘shgan hissasi uchun “Madaniyat va ma'rifat”, “O‘zbekiston tarixi”, "Mening yurtim telekanallari, O‘zbekiston milliy axborot agentligi, “Oriat-dono” radiokanali, “Yangi O‘zbekiston” gazetasi va boshqalar taqdirlandi.

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish tizimiga qo‘shgan hissasi uchun Bobojonov Farxod, Boyxonova Shoira, To‘ychiyev Abdurashid va boshqalar taqdirlandilar.


Shuningdek, “Davlat tili ustuvorligini ta'minlagan eng namunali hudud” yo‘nalishida 3-o‘rin Qo‘ng‘irot Qumqo‘rg‘on tumanlari, 2-o‘rin Jondor tumani va Jomboy tumanlari, 1-o‘rinni esa Zarafshon tumani egalladi.

“Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” yo‘nalishi bo‘yicha 3-o‘rin Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligi, 2-o‘rin Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va O‘zkimyosanoat aksiyadorlik jamiyati, 1-o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi sazovor bo‘ldi.


“O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyihalar va dasturiy mahsulotlar” yo‘nalishida 3-o‘rinni Jo‘rayeva Bibish va Qahramonova Malika, 2-o‘rin Ziyomuhammedova Shahnoza, 1-o‘rin Saparniyozova Muyassar qo‘lga kiritdi. G‘oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.


Bundan tashqari, tadbir davomida xalqimizning suyukli san’atkorlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi va soha fidoyilari so‘zga chiqdilar.

24.10.2022 303