"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

O‘zbek tilida ish yuritishni barcha xodimlar mukammal bilishi kerak


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari asosida Konsepsiya tasdiqlandi. O‘zbek tilini o‘rganish bo‘yicha zarur sharoitlarni yaratish vazifalari belgilangan.


Qashqadaryo viloyati hokimligining bir guruh xodimlariga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining sertifikatlari topshirildi.


Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida" (https://lex.uz/uz/docs/6145972)gi Qonuni 28-moddasida Davlat fuqarolik xizmatiga davlat tilini biladigan, davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash uchun tegishli malaka talablariga va boshqa talablarga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan.

25.10.2022 219