"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Rasmiy munosabat

XAVOTIR VA MUNOZARAGA ASOS YO‘Q

 

Joriy yilning 26-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bo‘lim mudiri U.Mahmudov va Toshkent shahar hokimligidan hokim o‘rinbosari A.Xen, hokimning davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Ro‘zitoyev hamda Toponimika bo‘limi boshlig‘i A.Djabbarov ishtirokida Singapurning “BMP Smart Decision Private Limited” kompaniyasi rahbari O.Mirzajonov va o‘rinbosari Z.Mirzaulukov bilan poytaxtimizda joylashgan G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i nomi o‘zgarishi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlardagi shov-shuvlar yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda tadbirkor-investor bog‘ning nomi o‘zgarmasligini, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarini hurmat qilishini, bog‘ning nomini o‘zgartirishga hech qanday xohishi yo‘qligini ta’kidladi.

“Dream Park” va “Orzular bog‘i” kabi nomdan faqat savdo belgisi sifatida foydalanishini bildirdi.

Shuningdek, uchrashuvda tadbirkor-investorga “Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati va talablari haqida batafsil ma’lumot berildi.

 

Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti,

 

Toshkent shahar hokimligi

27.10.2022 277