"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Rasmiy munosabat

    “QITMIR CHOL”nomli telegram kanalida Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasidagi “Ikkichi” nomi bilan ochilgan savdo do‘konning reklama yozuvlarida “Davlat tili to‘g‘risi”dagi qonun talablariga amal qilinmaganligi haqida  foto murojaat qoldirilgan edi.


    Yakkasaroy tuman hokimligi shuni maʼlum qiladiki, holat bo‘yicha Yakkasaroy tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha maslahatchisi Nigora Umarova tomonidan holat o‘rganilib tadbirkorga “Davlat tili to‘g‘risi”dagi qonun talablari tushuntirilib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirish xati berildi.


            Shu o‘rinda yurtdoshlarimizga yana bir bor eslatib o‘tamiz. Til qoidalariga amal qilinishiga har birimiz masʼuldirmiz.

Davlat tili togrisidagi qonun talablariga kora, biron reklama yoki eʼlon, korgazmali yozuvlar bolsa, oldin davlat tilimizda, yaʼni ozbek tilida xatolarsiz, keyin boshqa tillarda yozilishi shart.

  Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

27.10.2022 330