"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Quvasoyda “Kvarts” aksiyadorlik jamiyati xodimlariga sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Quvasoyda “Kvarts” aksiyadorlik jamiyati xodimlariga sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Farg‘ona hududiy bo‘linmasida “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” malaka oshirish kurslarida “Kvarts” aksiyadorlik jamiyatining 28 nafar xodimlari o‘qitildi.


An’anaviy tarzda tashkil qilingan malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan 28 nafar tinglovchilarga (rahbar va ma’sul xodimlarga) tantanali ravishda sertifikat topshirildi.


Shuningdek, tadbir davomida "Tilning davlat taraqqiyotidagi roli" mavzusida seminar tashkil qilindi. Seminarda har bir shaxs hayotning har jabhasida til sofligini saqlashga, uning umrboqiyligini ta’minlashga, ayniqsa kelajak avlodga uning jozibasini yo‘qotmagan holda yetkazishga mas’ul ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

31.10.2022 174