- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- OKTABR – “O‘zbek tili va adabiyoti oyligi”
OKTABR – “O‘zbek tili va adabiyoti oyligi”
Ma'lumki, joriy yil 9-sentabrdan yangi tahrirda Oʼzbekiston Respublikasining “Reklama toʼgʼrisida”gi Qonuni kuchga kirdi. Unda reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatish bo'yicha bir qator talablar belgilangan. Ushbu talablarning joylardagi holatini oʼrganish maqsadida “Milliy tiklanish” partiyasi qoshidagi “Til posbonlari” jamoatchilik nazorati guruhi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Guruh aʼzolarining navbatdagi manzili Toshkent
shahrining Sergeli tumani boʼldi. Nazorat guruhi aʼzolari va tuman hokimining
davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash
masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda faollar bilan birgalikda tumandagi
oʼttizga yaqin savdo rastalariga ilingan reklamalar bilan tanishishdi. Qonun
buzilish holatlari bo'yicha tadbirkorlar ogohlantirilib, bartaraf etish
yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
“Til posbonlari” jamoatchilik nazorati guruhi
faoliyati davom etadi.