"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Oʻzbek adabiyotshunos olimi Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot bilan taqdirlandi


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinovga Chingiz Aytmatov nomidagi mukofotni berish toʻgʻrisida MDH PA Kengashining qarori qabul qilindi.

Yalpi majlisda olimga mukofotni Qirgʻiziston Respublikasi delegatsiyasi rahbari Nurlanbek Shakiyev topshirdi.

Shuhrat Sirojiddinov matnshunoslik va adabiyotshunoslik sohasida yirik olim sifatida tanilgan, oʻzbek mumtoz adabiyoti, dinshunoslik va tarjima nazariyasiga oid qator ilmiy asarlariga ega. Yozuvchi 140 dan ortiq ilmiy maqolalar, 16 ta monografiya va oʻquv qoʻllanmalari muallifi hisoblanadi.

Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot Qirgʻiziston Respublikasi Jogorku Keneshi taklifi bilan 2012-yil noyabr oyida taʼsis etilgan. Mukofot har yili madaniyat, maʼrifat sohasidagi xizmatlari, gumanitar fanlar, adabiyot va sanʼat rivojiga, madaniy merosni oʻrganish va asrab-avaylash, madaniyatlar, millatlar hamda elatlarni yaqinlashtirish va oʻzaro boyitish, tinchlik va doʻstlikni mustahkamlashga, shuningdek, davlatlar oʻrtasidagi maʼnaviy aloqalarni rivojlantirishga qoʻshgan hissa uchun beriladi.

 

31.10.2022 211