"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

KITOBDAN YAXSHI DO‘ST YO‘Q JAHOHDA


Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Farg‘ona shahridagi 2-sektor hududida joylashgan o‘rta ta'lim maktablarining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari ishtirokida "Kitobdan yaxshi do‘st yo‘q jahonda" mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda dastavval o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotidagi mavqeini tubdan oshirish, bu boradagi qonunchilik hujjatlarining ma’no-mazmunini yosh avlod ongiga singdirish borasida olib borilishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.


Shundan so‘ng yosh avlodning ma’naviy salohiyati, tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda kitobxonlik madaniyatini oshirish alohida ahamiyat kasb etishi, yoshlarda kitob o‘qish ko‘nikmasini shakllantirilsagina, kamoloti yo‘lida qolgan barcha amallarni kitobning o‘zi o‘rgatishi borasida so‘z bordi.


Tadbir so‘nggida an’anaga ko‘ra yig‘ilganlar uchun "Kitob, nutq, muvaffaqiyat" mavzusida trening o‘tkazildi.

 

S.Tongotarova,

Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi

02.11.2022 271