"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Farg‘onada maktabgacha ta'lim tizimidagi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish tashkil qilindi

Farg‘onada maktabgacha ta'lim tizimidagi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish tashkil qilindi


“Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son farmoni ijrosi yuzasidan Farg‘ona shahar Maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 22-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida shahardagi barcha MTT direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan har bir tashkilot kesimida bugungi kunda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ahvoli atroflicha muhokama qilindi, shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalarga batafsil to‘xtalib o‘tildi.


Shu bilan birga, yig‘ilganlarga o‘tgan davr mobaynida ona tilimizga katta e’tibor qaratilgan holda uning mavqeini oshirish, sofligini saqlash, bu boradagi qonunchiligimizning ma’no-mazmunini yosh avlod onggiga singdirish yo‘lida ulkan ishlar amalga oshirilayotganligi ta'kidlab o‘tildi. 

S.Tongotarova,

Farg'ona viloyati hokimining maslahatchisi 

07.11.2022 270