"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Farg‘onada Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri rahbarligida yig'ilish bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri rahbarligida yig'ilish bo‘lib o‘tdi


Ahmad Farg‘oniy nomidagi axborot-kutubxona markazida viloyat, tuman, shahar hokimlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo'yicha maslahatchilari ishtirokida yig‘ilish tashkil qilindi.

Mazkur yig‘ilishda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri S.S.Shukurov qatnashib, “Davlat tili haqida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi hamda "Geografik obyektlarning nomlari to'g'risida"gi Qonunlarning ijrosini ta'minlash yuzasidan hududlarda olib borilishi lozim bo'lgan vazifalar hamda bugungi kunda mas'ullar tomonidan yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar masalasiga to'xtalib o'tdi.


Shuningdek, S.S.Shukurov mutasaddilarga (nomsiz) mahallalar, ko‘chalar, maydonlar va xiyobonlarga nom berish va ularning nomini o'zgartirish bilan bog'liq jarayonlarni yanada jadallashtirish;

- tashqi yozuvlar (peshlavha, reklama va boshqa e’lon, axborot matnlari) to'liq lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida hamda davlat tilida yoritilishini ta'minlash bo'yicha targ'ibot ishlarini kuchaytirish;

- davlat organlari, xo'jalik birlashmalari, ayniqsa ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlar holatini doimiy nazoratga olish, shu bilan birga ular faoliyatiga yaqindan ko'maklashish yuzasidan bir qator topshiriqlar berdi.


Yig‘ilish so’nggida tuman, shahar hokimlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchilari uchun "Til, dunyoqarash va layoqat" mavzusida maxsus seminar-trening tashkil qilindi.

 

S.Tongotarova,

Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi

09.11.2022 247