"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

“Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi amalda


Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan Shayxontohur tumani “Kamolon” mahallasi hududida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlarida O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddalari ijrosi o‘rganildi. Unda Toshkent shahar hokimining maslahatchisi A.Ro‘zitoev, tuman hokimligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi va “Kamolon” mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari ishtirok etdilar.


O‘rganishlar natijasida 10dan ortiq tadbirkorlarga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar va ogohlantirish xatlari berildi.



Ogohlantirish xatlarini olgan tadbirkorlar tomonidan kamchiliklar qisqa muddatlarda bartaraf etildi.

10.11.2022 240