- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Tadbirkorlarga tushuntirish ishlari olib borildi
Tadbirkorlarga tushuntirish ishlari olib borildi
Karmana tumanidagi M-37 avtomagistral yo‘lida hamda
"Navoiy" ko‘chasida o‘rnatilgan reklamalarning O‘zbekiston
Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi
Qonunlari talablariga mosligini o‘rganish bo‘yicha tuman hokimi maslahatchisi
B.Xamrayev hamda Ma’naviyat va ma’rifat
tuman bo‘limi rahbari D.Muxamedov bilan hamkorlikda reyd tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir davomida
“Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun talablariga mos kelmaydigan turli targ‘ibot
vositalari va reklama bannerlari aniqlanib, ularni qonunchilik talablari
asosida yozilishini ta’minlash choralari ko‘rildi. Shuningdek, bu borada
tadbirkorlarga tushuntirish ishlari olib borildi.
11.11.2022
219