"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi

“Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi


Yakkabog‘ tumani hokimligi tashabbusi bilan xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida “Bunyodkor” , "Jaychi" mahallasi hududida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarida O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi Qonun hamda  “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddalari ijrosi o‘rganildi.                                              

Unda Yakkabog‘ tuman hokimining maslahatchisi D. Xushvaqtova, tuman hokimligi vakillari, Xalq deputatlari tuman  Kengashi kotibiyat mudiri Sh.Yusupov, deputatlar N.Elmurodova, F.Sattorovalar ishtirok etdilar.                                                                 

O‘rganishlar natijasida 15 dan ortiq tadbirkorlarga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar va ogohlantirish xatlari berildi.

Ogohlantirish xatlarini olgan tadbirkorlar tomonidan kamchiliklar qisqa muddatlarda bartaraf etildi.

11.11.2022 319