"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Farg‘onada hokim maslahatchilari ishtirokida seminar tashkil qilindi


Farg‘ona shahar Yoshlar markazida «Geografik obyektlarning nomlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta'minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabr kungi «Davlat fuqarolik хizmatchilari tomonidan odob-aхloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 595-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida seminar tashkil qilindi.


Seminarda tuman (shahar) hokimlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etdilar.


S.Tongotarova,

Farg'ona viloyati hokimining maslahatchisi

21.11.2022 181