"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Ishchi guruhning o‘rganishlari davom etmoqda


Ayni kunlarda mamlakatimizda o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilash maqsadida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan “Davlat tili to‘g‘risida”gi hamda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi joriy etish to‘g‘risida”gi qonunchilik ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi o‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bosh mutaxassisi G.Tuychiyeva, Toshkent shahar prokuraturasining mas’ul xodimi, Yakkasaroy tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Umarovalar ishtirokida maxsus ishchi guruhlari shakllantirilib, shahar va tumandagi davlat tashkilotlardagi holatlar o‘rganildi.


O‘rganish davomida davlat tilini rivojlantirish, qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borgan holda davlat tili qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq holatlarni muntazam va har tomonlama o‘rganidi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha davlat tashkilotining rahbar va mas’ullariga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

 Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

 

24.11.2022 204