"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Yakkasaroyda tashqi reklama va e’lonlar holati o‘rganilmoqda


Yurtimizda ona tilimiz – o‘zbek tilini asrash, uni kelajak avlodlarga sof tarzda yetkazish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini yuksaltirish maqsadida hokimlarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi.


Ayni paytda ular hududlarda davlat tilini rivojlantirish, qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borgan holda davlat tili qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq holatlarni muntazam va har tomonlama o‘rganib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmoqda. Xususan, Yakkasaroy tumanida ham.


Kuni kecha Yakkasaroy tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nigora Umarova tumandagi Abdulla Qahhor 6-tor ko‘chasida joylashgan xizmat ko‘rsatish shaxobchalari va savdo do‘konlarining reklama, e’lonlar holati o‘rgandi.


O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektlarga “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyati tushuntirilib, ularga  tashqi reklama yozuvlarini davlat tilida yozilishi kerakli haqida tushuntirishlar olib borilib, savdo obyektlarining nomlari, davlat tilida yozilishi bo‘yicha ogohlantirish xatlari berildi.

24.11.2022 240