"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Biz +siz+ular = Barchamiz mas’ulmiz


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida tashqi yozuvlar, lavhalar, e’lonlar, reklama va ko‘zgazmali boshqa axborot matnlarini “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiqlashtirish vazifasi belgilab qo‘yilgan.


Kuni kecha Yakkasaroy tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nigora Umarova tumandagi Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan xizmat ko‘rsatish shaxobchalari va savdo do‘konlarining reklama, e’lonlar holati o‘rgandi.


O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektlarning mas’ullariga “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyati tushuntirilib, ularga tashqi reklama yozuvlarini davlat tilida yozilishi kerakli haqida tushuntirishlar olib borilildi.


Quvonarlisi shundaki, bu kabi o‘rganishlar o‘z samarasini bermoqda. Oldingi o‘rganishlarda ogohlantirilgan tadbirkorlik subyektlarining reklama e’lonlari, davlat tilida hamda tarjimasi boshqa tillarda yozib qo‘yilganligining guvohi bo‘lmoqdamiz.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmatia

28.11.2022 322