"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

XORAZM VILOYATIDA QONUN IJROSI TAʼMINLANMOQDA


Bugun Davlar kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasining "Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida"gi qonuni ijrosi doirasida viloyatdagi geografik obyektlarning nomlari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi va uning birinchi kunida seminar-trening tashkil etildi.


Seminarda ishchi guruhi rahbari U.Mahmudov ma’muriy-hududiy birliklar, shaxs va tarixiy nomlar, ular bo‘yicha ekspert xulosalari olinishi, mahalliy kengashlarda tasdiqlanishi, davlat reyestri bazasiga kiritilishi masalalari muhokama qilinib, viloyatdagi mahallalarning aniq chegaralari, koʻchalarning toifalarga ajratilgan sxematik xaritalarini yaratish boʻyicha tushunchalar berdi.


Ishchi guruh tomonidan tuman va shaharlar kesimida geografik obyektlar roʻyxati, mahallalarning sxematik xaritalari alohida-alohida koʻrib chiqildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ko'rsatma berildi.

01.12.2022 253