- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- QONUN TARG‘IBOTI O‘TKAZILDI
QONUN TARG‘IBOTI O‘TKAZILDI
2022-yil 2-noyabr sanasida Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-779-sonli “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni qabul qilingan edi.

Yangi tahrirdagi qonunga inson huquqlari va manfaatlarini ta'minlash, xalq bilan ochiq muloqot mexanizmlarini yanada takomillashtirish, jamiyat hayotiga oid muhim hujjatlarni jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qabul qilish amaliyotini joriy etish maqsadida bir qator yangi normalar va o'ndan ortiq o'zgartirish hamda qo'shimchalar kiritildi.
Joriy yilning 1-dekabr sanasida “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonunni targ`ibot qilish maqsadida Kadastrlar palatasi Peshku tumani bo`limi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarda tuman hokimining davlat tili bo'yicha maslahatchisi G.Haydarova hamda tuman Adliya bo'limi rahbari J.Rajabov qonunning mazmun-mohiyati, undan o'rin olgan yangiliklar xususida fikr bildirdilar.
Peshku tumani hokimligi matbuot xizmati