"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat tilini haqorat qilgan shaxs qamoqqa olindi

Fuqaro Doniyor Yakubov o‘zi Toyloq tumani hokimligi madaniyat bo‘limida ishlab kelsa-da, 2020-yil 15-mayda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Halq fikri” nomli guruhda o‘zining profilidan o‘zbek tili va millatini kamsituvchi fikrlarni qoldirgan. Ushbu holat yuzasidan aniqlik kiritish maqsadida IIB xodimlari uning uyiga borgan vaqtida u IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, ularga qarshilik ham ko‘rsatadi.

Samarqand shahar maʼmuriy sudida unga nisbatan to‘plangan ish 2020-yil 18-may kuni ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 42, 194-moddasi 1-qismi va 195-moddalari bilan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

18.05.2020 609