"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini taʼminlash har birimizning burchimizdir

“Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini taʼminlash har birimizning burchimizdir

    

    Joriy yilning 14-dekabr kuni Buxoro viloyati hokimi B.Zaripovning 2022-yil 13-dekabrdagi 1/8500-sonli O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”go qonuni hamda “Davlat tili haqida”gi qonun talablariga muvofiq G‘ijduvon tumanida joylashtirilgan barcha turdagi reklamalar, e’lonlar, peshlavhalar va boshqa axborotlarni davlat tiliga moslashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan reja grafigi asosida tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Yuldashov hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi rahbari U.Ergashev bilan hamkorlikda tumandagi mahallalari hududida joylashgan tadbirkorlik subyektlari, xizmat ko‘rsatish sektorlarida tashqi reklama peshlavhalarining qonun talablariga hamda milliy qadriyatlarga mosligi o‘rganildi.


    Uchrashuv davomida har bir tadbirkorga mazkur qonunning 6-moddasi “Reklama tili” haqida ekanligi, bunda barcha targ`ibot vositalari Davlat tilida yozilishi, faqat ma`lum talablar asosida boshqa tillarda ham berilishi tushuntirib o`tildi hamda mavjud kamchiliklarning aksariyati joyida bartaraf etildi.

    Bundan tashqari shu hududda joylashgan korxona va tashkilotlar ham o‘rganildi, aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf qilindi. Misol uchun "G‘ijduvon yo‘llardan foydalanish" unitar korxonasi unitar korxonasi tuman filialining tashqi yozuvlari hamda ish hujjatlari ko‘zdan kechirilib aniqlangan kamchiliklar muassasaning mas'ul xodimlariga tushuntirildi.

O‘rganishlar davomida tadbirkorlik subektlaridagi tashqi reklamalar o‘rganilib, “Davlat tili to'g'risida”gi Qonun talablariga javob bermaydigan reklama e'lonlarining egalariga 3 kun muddatda e'lonlarini yangilash bo'yicha ogohlantirish xatlari berildi.


G‘ijduvon tuman hokimligi axborot xizmati
16.12.2022 243