"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Qashqadaryo viloyati va tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchilari ishtirokida seminar tashkil etildi

Qashqadaryo viloyati va tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchilari ishtirokida seminar tashkil etildi


Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga qilgan Murojaatnomasi yuzasidan maslahatchilar zimmasidagi vazifalarga e’tibor qaratildi.

Prezidentimizning “Albatta, chet tilini bilish – zamon talabi, ammo ona tilini bilishga majbur qilish kerak, mening farzandim chet tillarini biladi-yu, ona tilini bilmaydi degan gap Yangi O‘zbekistonga ma’qul emas, chet tilini bilish kerak, lekin ona tilini bilishga majbur” - deb aytgan fikrlari milliy tilimizning rivojlanishida chuqur ahamiyatga ega ekani haqida aytib o‘tildi va yakuniga уetayotgan yil sarhisob qilindi.

Xatlov davomida aniqlangan 10200 dan ortiq tashqi yozuvning 8910 tasi davlat tili me'yorlariga moslangani mavjud 13685 ta ko'cha davlat reestriga kiritilgani aytildi. Tarixiy nomlarning 80 ga yaqini aholi fikri va tarixiy manbalar asosida saqlab qolindi.

Galdagi vazifalar belgilab olindi.

27.12.2022 223