"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

SOHAVIY BILIMNING OSHISHI ERTAMIZNING POYDEVORIDIR


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-dekabrdagi topshirig‘ining ijrosini ta'minlash maqsadida, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan quyidagi kitoblar – “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati”, “Davlat tilida ish yuritish”, “Ona tilim - mangu makonim”, “O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘ati” kabi kitoblar kombinatimizga taqdim etildi.


Ushbu kitoblar Yangi yilning ilk kunlarida boshqaruv raisi - bosh direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nigora Ataxanova tomonidan kombinatning Axborot texnologiyalari departamenti, Notarmoq aktivlar boshqarmasi va Muhandislik markazi ilmiy-texnik kutubxonasiga amaliyotda keng foydalanish uchun topshirildi.



06.01.2023 91