"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Qashqadaryo: o‘rganishlar tizimli asosda olib borilmoqda


Viloyatning tashkilot va muassasalarida reja asosida ishchi guruhlar tomonidan ish qog‘ozlari, turli blankalar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish to‘liq lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosida joriy qilinishining holati va  shuningdek,  O‘zbekiston Respublikasining  “Davlat tili” va  “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari talablari tushuntirib o‘tilmoqda.


Yakkabog‘, Dehqonobod, Muborak, Qarshi tumani maslahatchilari tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida davlat tilini rivojlantirish borasida mamlakatimiz miqyosida olib borilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi. Namunali ish yuritayotgan xodimlarning mehnati e'tirof etildi.


Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Bu kabi nazorat tadbirlari davom etmoqda.

16.01.2023 347