"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Alisher Navoiy va Bobur merosi beqiyos maʼnaviy xazinadir


   O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida “Boqiy maʼnaviy meros” mavzusidagi  maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

            Tadbir Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlandi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan chop etligan kitoblarning vazirlik va idoralardagi o‘tkazilayotgan taqdimotining mantiqiy davomi bo‘ldi.


   Tadbirda adabiyotshunos olimlar, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi vakillari, Agentlik markaziy apparati xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.

   Unda so‘z olgan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchisi Ozoda Tojiboyeva Alisher Navoiy va Boburning shoir shaxsi va ijodi bilan bog‘liq maʼlumotlarni ishtirokchilarga eʼtiboriga havola etar ekan, Navoiyning ijodini o‘rganish va ilmiy tahlili bo‘yicha so‘nggi yillarda qator taniqli tadqiqotchilar ish olib borayotganligini,  bugungi kunda ham uning ijodiy merosi ko‘pgina olimlarimizni ilhomlantirib kelayotganligini, maʼnaviyatimiz asoslarini esa buyuk bobomizning bebaho merosidan ayro tasavvur etib bo‘lmasligini aytib o‘tdi.


   O‘z o‘rnida Bobur buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda sifatida aql-zakovati va shijoati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solganligi, o‘zbek tilida yozilgan “Boburnoma”, “Mubayyin”, “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Musiqa sirlari”, “Qofiya ilmi” kabi asarlari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan joy olganligi to‘g‘risidagi fikrlarini bildirdi.



   

    Shu bilan birga, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mutaxassislari tomonidan davlat tilining nufuzini oshirishga qaratilgan so‘nggi yangiliklar haqida so‘z yuritilib, Jamg‘armaning 2022-yildagi faoliyati hamda “Ona tilim – mangu makonim” sheʼriy to‘plami, “Davlat tilida ish yuritish”, “O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘ati” va “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati” kitoblari haqida batafsil maʼlumot berildi.

 

07.02.2023 457