"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

DAVRA SUHBATI

    

    Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklor instituti hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining hamkorligida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Mamlakatimizda davlat tili boʻyicha olib borilayotgan islohotlar boʻyicha” davra suhbati tashkil etil.


    Davra suhbatida O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklor instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi 6084-sonli farmoni, 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi, shuningdek, ushbu konsepsiyaning 2020-2022-yillarda amalga oshirish dasturi ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi va galdagi vazifalar hamda ularni amalga oshirish yo‘llari haqida atroflicha fikr-mulohazalarini bildirdi. 


    Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi direktori – prorektor Inomjon Azimov davlat tili boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, ularning amaldagi ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 117-sonli qarori ijrosini yuzasidan bugungi kunga qadar 30 mingga yaqin davlat tashkilotlari xodimlarining o‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha malakasi oshirilganligini, shuningdek, 1000 dan ortiq aholi vakillari o‘zbek alifbosi, yozma adabiy nutq me’yorlari bo‘yicha bepul o‘qitilganligini bildirib o‘tdi. 

    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Isajon Sultonov vazirlik tizimidagi muassasalarda davlat tiliga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi va galdagi vazifalar haqida atroflicha gapirib o‘tdi.

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi ijrochi direktori Azizjon Eminov oʻzbek tilini targʻib qilish boʻyicha jamgʻarma tomonidan olib borilayotgan ishlar, nashr etilayotgan kitoblar hamda ularning targ‘iboti borasida amalga oshirilgan ishlar haqida gapirdi.

31.03.2023 364