"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Energetika vazirligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Energetika vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi va RMMM Yashnobod tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash, xususan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini to‘liq joriy qilish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritishga to‘liq o‘tishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilib, bu borada sohada mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan galdagi vazifalar muhokama qilindi.

Chunonchi, ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida olib borishda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan chop etilgan “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati”, “Ona tilim – mangu makonim”, “O‘zbekiston joy nomlari” kitoblarining ahamiyati salmoqli ekanligi qayd etildi, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan har bir xodimni mazkur qo‘llanma va adabiyotlar bilan ta’minlash choralari belgilandi.

Dilkash va erkin muloqot davomida Energetika vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar va davlat tili masalalari bo’yicha maslahatchisi Sobirjon Qurbonov, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Safar Olloyor hamda Respublika aerogeodeziya markazi toponimika xizmati mutaxassisi Dilyorbek Qodirovlarning ma’ruza va takliflari yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbirda Energetika vazirligi markaziy apparati mas’ul xodimlari, olim-mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari xodimlari faol ishtirok etishdi.

12.04.2023 306