"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

YANGI TARIXIY ROMAN TAQDIMOTI


Buyuk mutafakkir, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan hamkorlikda Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning “Abu Rayhon Beruniy” romani chop etildi. 26-aprel kuni Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi tashabbusi bilan ushbu yangi o'zbek romani taqdimoti bo'lib o'tdi. 



Buyuk ajdodimiz hayoti va faoliyatiga bagʻishlab yaratilgan tarixiy-biografik roman yurtimizda Birinchi Renessansning yuzaga kelish sabablari va shart-sharoitlari, ulugʻ mutafakkir bobomizning porloq shaxsiyati, yoshlarimizga oʻrnak boʻladigan jihatlari haqida hikoya qiladi.

Shuningdek, asarda Movarounnahr va Xurosonda yuz bergan tarixiy voqealar, jasur va mard sarkardalar Alptegin, Sabuktegin, sulton Mahmud va Masʼud Gʻaznaviylar hayotiga oid voqealar qiziqarli tarzda bayon etilgan.



Bugungi taqdimotda romanning muallifi Isajon Sulton va uning qalamkash do'stlari, adabiyotshunos olimlar, talaba yoshlar ishtirok etdi. Tadbir ijodiy ruhda, samimiy muloqot asosida o'tdi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollariga javob oldilar.

27.04.2023 340