"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Fanlar akademiyasida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti o‘tkazildi

Fanlar akademiyasida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti o‘tkazildi

    

    Joriy yilning 1-iyun kuni Fanlar akademiyasida yangilangan va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ilk bor chop etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti o‘tkazildi.


    Unda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi vakillari, tilshunos olimlar va mutaxassislar, vazirlik va idoralarning Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchilari, keng jamoatchilik, yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.


    Izohli lug‘at Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi hamkorligida tayyorlandi hamda jamg’arma mablag’lari hisobidan chop ettirildi

    Izohli lug‘atdan hozirgi o‘zbek adabiy tilida keng iste’molda bo‘lgan 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmalari, fan, texnika, san’at va madaniyat sohalariga oid terminlar, bir necha shevada qo‘llanadigan so‘zlar, ba’zi tarixiy va eskirgan atamalar o‘rin olgan.

    

    Izohli lug‘atning dastlabki jildlarini tayyorlashda marhum olimlar – akademik Azim Hojiyev, akademik To‘ra Mirzayev, akademik Ernest Begmatov bevosita ishtirok etgan.

    

    Shuningdek, ushbu loyihada filologiya fanlari doktori professorlar Nizomiddin Mahmudov (rahbar), Yorqin Odilov, Durdona Xudoyberganova hamda filologiya fanlari nomzodlari Abduvahob Madvaliyev, Feruza Musayeva, shuningdek, tajribali muharrirlar, musahhihlar va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.

    Barcha viloyatlarda izohli lug‘atning taqdimot tadbirlarini o‘tkazish reja qilingan.


    Shuningdek, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “O‘zbek xalq so‘zlari”, “O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati”, “O‘zbek tili frazeologik lug‘ati”, “O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati”, “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati”, “O‘zbek xalq paremalarining sinonimik izohli lug‘ati”, “Nonvoychilik terminlarining izohli lug‘ati” kitoblari ham tayyorlanib, chop etildi.

02.06.2023 226