"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Tilimizga mehr beraylik!

Ma’lumki, istiqlol bergan ne’matlar sirasiga xorijiy tillarni o‘rganish, chet ellarga chiqish va xorijiy yurtlarda o‘sha elning ona tilida so‘zlashish imkoniyati ham kiradi. Mustaqillik yillariga kelib yurtimizda xorijiy tillarni o‘rganishga e’tibor kuchaydi.

Rasmiy hujjat va qonunlarni ishlab chiqishda, ish yuritishda, o‘zaro muloqot va hatto ta’lim sohasida ham gohida rus tili bir oz ustunlik qilmoqda.

Ayni vaqtda yoshlar orasida esa O‘zbek tilida savodli yozadiganlar bir oz kamayib bormoqda. Buning sababi nimada va siz uchun zamonaviy dunyoda qaysi tilni bilish muhimroq?

Afsuski, oxirgi paytlarda ko‘chalardagi e’lonlarda ko‘p xatolarni ko‘rish mumkin - na o‘zbek, na rus tilida to‘g‘ri yozilgan. Menimcha avvalo ona tilini mukammal o‘rganmoq lozim.

Boshqa tillarni o‘rganish kerak, qancha ko‘p til bilsangiz, shuncha yaxshi, ammo o‘z ona tilida xato gapirib, xato yozadigan odamga, u qanchalar ziyoli bo‘lmasin, uyat!

 O‘z tilini sevish yilda bir marta faqat til bayramidagina otashin nutq qilish, tantanali va ommaviy tadbirlar uyushtirish bilan belgilanmaydi.

Shunday ekan, keling, avvalo o‘z ona TILIMIZGA MEHR BERAYLIK, farzandlarimizga o‘z ona tilida ravon so‘zlashib, xatosiz yozishni o‘rgataylik. Farzandimizni o‘zbek tilini, o‘zining ona tilisini puxta o‘rganishlari va savodxon bo‘lishlari uchun birinchi sinfdan harakatni boshlaylik. Chet tillarini o‘rganish esa keyingi o‘rindagi muhim masalalardan biri bo‘lib qolaversin!

 

Ziyoda Haydarova,

Toshkent shahar Uchtepa tumani

 81-maktab direktori 

23.05.2020 606