"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

XATO YOZILGAN REKLAMA HAQIDA BIZGA XABAR BERING!

t.me/bexatoreklamabot telegram boti (test rejimida) ishga tushirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish bo‘yicha 2020-2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish loyihasi ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Bunda davlat tilini keng targ‘ib qilish va rivojlantirish, yosh avlodning qalbiga ona tilini bolalikdan singdirish, internet va aloqa vositalari imkoniyatlaridan to‘liq foydalangan holda o‘zbek tilini keng targ‘ib etish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish muhim o‘rin tutadi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan o‘ziga yuklatilgan, xususan, reklama bozorini tartibga solish sohasidagi vazifalari amaliy ijrosini ta’minlash doirasida davlat tilini keng targ‘ib qilish va rivojlantirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bulardan biri respublikamiz ko‘chalari ko‘rki bo‘lgan tashqi reklama konstruksiyalaridagi reklama va e’lonlar matnida axborotning ma’nosi buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xorijiy so‘zlar va iboralardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik, imloviy va lug‘aviy xatolarga barham berish orqali o‘zbek tilining rivojlanishiga hissa qo‘shishdan iboratdir. Shu maqsadda Agentlik tomonidan t.me/bexatoreklamabot telegram boti (test rejimida) ishga tushirildi. Ushbu bot orqali endilikda iste’molchilar tashqi reklama vositalari orqali joylashtirilayotgan reklama va e’lonlar matnida imloviy va lug‘aviy xatolar uchrasa, bu haqda Agentlikka xabar berishlari mumkin!


29.05.2020 3341