"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

O‘zbek tilini o‘rganish borasida foydali ma`lumotlar

Bugungi kunda o‘zbek tili ikki yo‘nalishda o‘qitilmoqda: ona tili sifatida; davlat tili sifatida.

O‘zbekistonda rus tilida ta’lim beriladigan 827 ta maktab, qozoq tilida ta’lim beriladigan 386 ta maktab, tojik tilida ta’lim beriladigan 250 ta maktab, qirg‘iz tilida ta’lim beriladigan 58 ta maktab, turkman tilida ta’lim beriladigan 45 ta maktab mavjud. Ular uchun o‘zbek tili ta’lim, muloqot, turli lavozimlarda faoliyat yuritish tili bo‘lib, hayotining barcha jabhalarida nihoyatda muhimdir. Shunga ko‘ra O‘zbekistondagi ta’limning yuqori bosqichlarida – umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar ta’limi tizimida, shuningdek, Respublika oliy ta’lim muassasalaridagi o‘zga tilli guruhlarda “O‘zbek tili” fani o‘qitiladi. O‘quv soatlari quyidagicha: umumta’lim maktablarida haftasiga 3 soat (2 soat o‘zbek tili darsi, 1 soat adabiy o‘qish darsi), akademik litsey va kasb-hunar ta’limi tizimida haftasiga 2 soat, Respublika oliy ta’lim muassasalarida haftasiga 2 soat hajmida o‘qitiladi. Ta’limning mazkur tizimlaridagi barcha sinf va bosqichlari uchun bosma o‘zbek tili darsliklari mavjud (1-ilova). Ular Respublika ta’lim markazining tavsiyaga binoan nashr qilingan.

O‘zbek tilini o‘rganishni istagan chet elliklar uchun ham bir nechta darslik va lug‘atlar yaratilgan (2-ilova).

Shuningdek, o‘zbek tili o‘rganuvchilar uchun bir nechta internet resurslari ham mavjud:

https://www.teachaway.com/teach-in-uzbekistan,

https://languagelifeschool.com/en/land/learn-uzbek-language-via-skype/, https://teachyourselfuzbek.com/,

https://www.justlearn.com/uzbek-tutors,

https://en.amazingtalker.com/apply-to-teach/uzbek

http://uzbek-glossary.com/

http://polymath.org/uzbek.php

https://www.orexca.com/uzbekistan/uzbek_language.htm


1- Ilova

1. Rafiyev A.,Muhammadjonova G. Ziyamuhamedova G. Ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning 2-sinfi uchun darslik. –Toshkent, 2018.

2. Rafiyev A., Muhammadjonova G. Ziyamuhamedova G. Ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning 3-sinfi uchun darslik. –Toshkent, 2019.

3. Rafiyev A., Muhammadjonova G.Ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning 4-sinfi uchun darslik. –Toshkent, 2017.

4. Rafiyev A., Muhammadjonova G., Alovuddinova N. Ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning 5-sinfi uchun darslik. –Toshkent, 2016.

5. Muhiddinova H., Avloqulov Y., D.Nuriddinova. Ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning 6-sinfi uchun darslik. –Toshkent, 2018.

6. Rafiyev A., Muhammadjonova G., Toshpo latov T. Ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning 7-sinfi uchun darslik. –Toshkent, 2017.

7. Muhiddinova H. Ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning 8-sinfi uchun darslik. –Toshkent, 2018.

8. Rafiyev A., Muhammadjonova G. Ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning 9-sinfi uchun darslik . –Toshkent, 2019

9. Muhiddinova H., Muhammadjonova G., Eshchanova G., Tolipova F. Ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning 10-sinfi uchun darslik . –Toshkent, 2018.

10. Muhiddinova H., Muhammadjonova G., Eshchanova G., Tolipova F. Ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quv-chilari uchun darslik. –Toshkent, 2018.

11. Asilova G.A. O‘zbek tili. Darslik. Oliy ta'lim muassasalarining rus guruhlari uchun. –Toshkent, 2018.


2-ilova

1. Douglas F. Gilzow .Uzbek language competencies for Peace Corps Voluteers In Uzbekistan .-Washington, 1990.

2. Kurtulus O‘ztopchu (Visiting Asisstant Professor Department of Near Estern Studies Universityof California Berkeley). Colloquial uzbek (kichik kurs). – California, 1994

3. Abduroziq Rafiyev, Tunjay O‘zturk, Dildora Nuriddinova. Uzbek tili. –Toshkent, 1997

4. Nigora Azimova. Uzbek elementary book. -Georgtewn, 2010.

5. Shahid Tasleem. O’zbek tilida fe’llarining tuslanishi va otlarning turlanishi. -Toshkent: ToshDO’TAU, 2019.

6. Shahid Tasleem. Inglizcha -o’zbekcha-hindcha fe’llar lug’ati. -Toshkent: ToshDO’TAU, 2019.

7. Shahid Tasleem. Inglizcha -o’zbekcha-hindcha rasmli lug’at. -Toshkent: ToshDO’TAU, 2019.

8. Dildora Tosheva. Xorijliklar uchun o’zbek tili. – Buxoro, 2020.



29.05.2020 531