"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

"Davlat tili haqida"gi va "Reklama toʻgʻrisida"gi qonunlar ijrosi amalda


    Peshku tumanida tashqi reklama va yozuvlarni tartibga keltirish ishlari davom ettirilmoqda.

    Bugun 10-iyun kuni tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Q.Dehqonov, RMMM tuman bo‘linmasi rahbari A.Toshev hamda ishchi guruh a`zolari bilan birgalikda "Davlat tili haqida"gi va "Reklama to'g'risida"gi Qonunlar talablarini joriy etish bo‘yicha "Yangibozor", "Chig'irchi" mahallalaridagi tadbirkorlar bilan uchrashdilar. 



    O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunning 20-moddasiga asosan: Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin deb belgilab qo‘yilgan.

    Uchrashuv davomida har bir tadbirkorga mazkur qonunlarning talabi va mazmun-mohiyati bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilib, faqat belgilangan talablar asosida boshqa tillarda ham reklama berilishi tushuntirib o‘tildi. Shu bilan bir qatorda kerakli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Shuningdek, o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida mavjud kamchiliklarning aksariyati joyida bartaraf etildi.



    Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-sonli hamda 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarorlarida:

bino fasadida o‘rnatilgan axborot matni 1 kvadrat metr (oshxona va ishlab chiqarish korxonalarida 2 kvadrat metr) hajmidan oshmasligi lozimligi, agar ushbu hajmdan oshsa u tashqi reklama hisoblanib, buning uchun tegishli pasport olinishi hamda oylik to‘lovlar to‘lash kerakligi;

bino fasadidan tashqarida faoliyat turi haqida axborot beruvchi har qanday hajmdagi ustun yoki moslama reklama hisoblanib, buning uchun tegishli pasport olinishi hamda oylik to‘lovlar to‘lash lozimligi;

    Reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilganda “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 1781-moddasiga binoan bazaviy hisoblash miqdorining 15 barobarigacha jarimaga tortilishi belgilangan.

Tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Q.Dehqonov


12.06.2024 127