"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Tashqi reklama bozorini tartibga solish yuzasidan amaliy ishlar qilinmoqda

Tashqi reklamalar mazmunining "Davlat tili haqida"gi Qonun talablariga muvofiqligini ta'minlash maqsadida Respublikamizning qator viloyatlarida amaliy ishlar tashkil etilmoqda.

Xususan, Namangan, Samarqand hamda Qashqadaryo viloyatining bir qator shahar va tumanlarida, markaziy ko‘chalaridagi tadbirkorlik va xo‘jalik yurituvchi subyektlarining binolarida o'rnatilgan tashqi reklamalar, peshlavhalardagi yozuvlarning mazmuni tegishli qonun hujjatlari talablariga mos kelishi haqida o‘rganildi. 

Qashqadaryo viloyati hokimi maslahatchisi Z.Aminova, Qarshi shahar hokimi maslahatchisi N.Xonqulova, viloyat monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sh.Kenjaev hamkorligida - Islom Karimov ko‘chasida joylashgan 15 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari, savdo do‘konlarida bo‘lib, tadbirkorlar bilan yakkama-yakka muloqot o‘tkazildi. Davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablari asosida ish yuritish bugungi kunning muhim masalasi ekani tushuntirildi. 

Samarqand viloyati hokimi maslahatchisi, viloyat monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi, "Tasviriy oyina" ijodiy uyishmasi hamkorligida Samaqarqand shahar Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan savdo do‘konlaridagi reklama, peshlavhalar va e'lonlarning qonun talablariga zid va davlat tilida bo‘lmagan barcha turdagi ko‘rgazmali axborot matnlarining davlat tilida bo‘lishini ta'minlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 


Mas'ul rahbarlarga reklamalardagi imloviy xatolarni tartibga keltirishlari, xorijiy tillarda yozilgan matnlarni Davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablariga muvofiq tashkil etishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Targ‘ibot-nazorat tadbirlari davom etmoqda.

13.06.2020 814