"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Kun tartibida - Davlat tili masalasi

Xabaringiz bor, bugun respublika bo'ylab "Davlat tili haqida"gi Qonun ijrosini ta'minlashga qaratilgan qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Markaziy ko'chalar bo'ylab joylashtirilgan bannerlar, tadbirkorlik subyektlari tomonidan o'rnatilgan peshlavhalar, e'lonlar, ko'rgazmali vositalar xatlovdan o'tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida ham tashkil etildi.

Tumanda tuzilgan ishchi guruhi a'zolari tomonidan markaziy buyum bozori va dehqon bozoridagi tashqi yozuvlar, shu jumladan, peshlavhalar, reklama va e'lonlar, ko‘rgazmali boshqa axborot matnlarining Davlat tilida bo‘lishi yuzasidan o'rganishlar olib borildi. "Davlat tili haqida"gi Qonun talablari doirasida bo'lmagan hamda imloviy xatolari mavjud tashqi yozuvlar o‘rganilib, kamchiliklarini bartaraf etish yuzasidan ko'rsatmalar berildi.

Targ‘ibot-nazorat tadbirlari davom etmoqda.


Bizning faoliyatimizni kuzatishda davom eting!

Bizning manzil: http://til.gov.uz/uz/  |   https://t.me/dtrdep

23.06.2020 4790