"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “O‘zbekgidroenergo” Aksiyadorlik Jamiyatida “Davlat tili haqida”gi Qonun ijrosi ta’minlanmoqda

“O‘zbekgidroenergo” Aksiyadorlik Jamiyatida “Davlat tili haqida”gi Qonun ijrosi ta’minlanmoqda

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.N.Po‘latova rahbarligida shakllantirilgan maxsus ishchi guruhi tomonidan tizim huzuridagi hududiy korxona va tashkilotlarda tanqidiy-tahliliy o‘rganishlar olib borildi.

Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, yuqori tizim ko‘rsatmalariga asosan Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha tezkor o‘zgarishlar qilinmagan, tashqi va ichki peshlavhalar, shiorlar hamda devoriy ko‘rgazma vositalaridagi yozuvlar, shuningdek, ayrim ish yuritish hujjatlarining to‘liq davlat tilida bo‘lishi talab darajasida ta'minlanmagan.

Korxona va tashkilotlarning mas'ullari tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ tizimida ish yuritish va axborot matnlarining Davlat tilida bo‘lishi, o‘zbek tilining lotin alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tishni ta'minlash, ehtiyojga qarab xodimlarning Davlat tilida ish yuritish asoslari bo‘yicha malaka oshirishini tizimli rejalashtirish yuzasidan zaruriy tushuncha va amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Targ‘ibot-nazorat tadbirlari davom etmoqda.


Bizning faoliyatimizni kuzatishda davom eting!

Bizning manzil: http://til.gov.uz/uz/  |   https://t.me/dtrdep

24.06.2020 495